O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabari

2021-yilning 2-fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Vazirlik Matbuot kotibi A.Xodjimetov va ilgari TIV huzurida “Al-Jazeera” telekanali muxbiri sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Agniyeshka Pikulitska-Vilchevska o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida uning akkreditatsiyasi va bo‘lib o‘tgan voqea bilan bog‘liq qo‘shimcha holatlar aniqlandi.

Chet ellik jurnalistdan hodisa uchun uzr so‘raldi.

Mazkur muxbir tomonidan tilga olingan vazirlik xodimi Tashqi ishlar vazirligi tizimidan bo‘shatildi.

A.Pikulitska-Vilchevskaning jurnalistik akkreditatsiyasini rasmiylashtirish jarayoni 2021-yil 3-fevral kuni yakunlanadi.