TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti
O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil 19-yanvar kuni Moskva viloyati Ta’lim vazirligining Dmitrovsk shahar okrugi bo‘yicha Vasiylik va homiylik boshqarmasidan onasi M.K.ning vafoti tufayli og‘ir vaziyatda qolgan voyaga yetmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi X.I. (2014 yil tug‘ilgan) haqida axborot olingan.
Elchixona tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida voyaga yetmagan fuqaroni Vatanimizga qaytarish masalasi ishlab chiqildi. Xayriya mablag‘lari hisobidan “Uzbekistan Airways” AJning “Moskva-Toshkent” yo‘nalishidagi reysga aviachipta sotib olindi. X.I.ning O‘zbekistondagi qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatilib, ularga voyaga yetmagan vatandoshimizning respublikaga qaytib kelish sanasi va vaqti ma’lum qilindi. X.I.ni aeportda O‘zbekiston vasiylik organlari vakillari tomonidan kutib olishini haqida kelishuvga erishildi.
2021-yilning 22-yanvar kuni X.I. “Uzbekistan Airways” AJ bort kuzatuvchilari hamrohligida O‘zbekistonga uchib ketdi.