Germaniya Elchisi bilan uchrashuv
2021-yilning 19-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Gyunter Overfeldni qabul qildi.
Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitisiya, moliyaviy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarining hozirgi holati hamda ularni yanada rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Turli darajalarda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar jadvali va kun tartibi bo‘yicha fikr almashildi.
Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, jumladan, Oliy Majlis vakillarining Germaniyaga va Bundestag vakillarining O‘zbekistonga tashriflarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zaro savdoni kengaytirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.