Pokiston Elchisi bilan uchrashuv

2021-yilning 15-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Pokiston Favqulodda va Muxtor Elchisi Sayyid Ali Asad Gʻiloniy bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Afgʻonistondagi hozirgi vaziyat, xalqaro hamjamiyat saʼy-harakatlari, shuningdek, O‘zbekiston va Pokistonning Afgʻoniston yoʻnalishidagi hamkorligini kengaytirish, xususan, ushbu mamlakatda tinchlik muzokaralari jarayonini boshlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida atroflicha fikr almashildi.

Pokiston Elchisi Afgʻonistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni oʻrnatish hamda mintaqaviy integratsiya jarayonlariga mamlakatni jalb etishda Oʻzbekistonning muhim oʻrnini alohida taʼkidladi.