MDHga a’zo davlatlar vakillarining Kelishuv majlisi bo’lib o’tdi

2020-yil 8-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari Kengashi va Davlatlar rahbarlari Kengashining yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Kelishuv majlisi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov rahbarlik qildi. Majlisda MDHga a’zo davlatlar tashqi ishlar va boshqa tegishli idoralari rahbarlari va vakillari ishtirok etdilar.

Videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari Kengashi va Davlatlar rahbarlari Kengashi yig‘ilishlarining tashkiliy-texnikaviy, mazmuniy hamda protokolga doir jihatlari muhokama qilindi. Shu jumladan, bo‘lib o‘tajak uchrashuvlarning kun tartibi va imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqildi.

Tashqi ishlar vazirlari Kengashi va Davlatlar rahbarlari Kengashining yig‘ilishlari O‘zbekiston Respublikasinig MDHga raisligi doirasida o‘tkaziladi.