Rossiya Elchisi bilan uchrashuv
2020-yilning 27-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashdi.
Suhbat davomida Afgʻoniston inqirozini hal etish boʻyicha Oʻzbekiston va Rossiya saʼy-harakatlari, Afgʻonistondagi bugungi vaziyat, Doha shahrida Afgʻoniston boʻyicha tinchlik muzokaralarining borishi va istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, qoʻshni mamlakatda tinchlikni targʻib qilishda yana bir muhim qadam sanalgan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT qoshida Afgʻoniston boʻyicha doimiy qoʻmita tuzish toʻgʻrisidagi tashabbusini amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.