Koreya xalqaro hamkorlik agentligi rahbari bilan uchrashuv
2020-yil 26-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Seul shahrida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA) prezidenti Li Mi Kyong bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va KOIKA o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi muhim dasturlarni amalga oshirish borasida KOIKA mamlakatimizning asosiy xalqaro sheriklaridan biri ekanligi qayd etildi. 1995-2019-yillarda respublikada ta’lim, sog‘liqni saqlash, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, axborot texnologiyalari va boshqa sohalarda umumiy qiymati 125 million AQSh dollariga yaqin loyihalar hayotga tadbiq qilindi. Mazkur loyihalar doirasida KOIKAning 70 dan ortiq ekspertlari va 500 nafar volontyori O‘zbekistonda o‘z faoliyatini amalga oshirdi, 2 mingdan ortiq O‘zbekiston vazirlik va idoralari vakillari Koreya Respublikasida stajirovka o‘tadi.
2020-2022-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi doirasida muhim qo‘shma loyihalar hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohalaridagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha ham fikr almashildi.