Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2020-yil 25-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumidagi ishtiroki doirasida Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Hva bilan uchrashdi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomon kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildi, turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning tashkiliy jihatlarini ko‘rib chiqdi.
Koreya tomoni siyosat, savdo, investitsiya, moliya, AKT, fan va texnologiyalar sohasidagi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik sur’atiga yuqori baho berdi.
2019-yil ikki tomonlama munosabatlarni alohida strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilishi O‘zbekiston-Janubiy Koreya aloqalarining teran va uzoq muddatli ekanligidan darak berishi ta’kidlandi.
Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishda hamkorlik qilishning ijobiy tajribasi mamnuniyat bilan e’tirof etilib, pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etishdagi birgalikdagi sa’y-harakatlarning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarning ustuvor ahamiyati qayd etildi. O‘zaro savdoning avvalgi o‘sish sur’atlarini saqlab qolish va uning hajmalarini oshirish uchun aniq choralar ko‘rishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi bildirildi.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, O‘zbekistonda yangi tibbiyot muassasalarini qurish bo‘yicha qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishi jarayoni ko‘rib chiqildi.
Vazirlar tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.