Vashington shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vatandoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi
2020-yil 18-noyabr kuni AQShda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov tantanali ravishda vatandoshimiz Saidahmad Arislanovga “Shuhrat” medalini va Elchixonaning birinchi kotibi Faxriddin Mo‘minovga “Mehr-saxovat” ko‘krak nishonini topshirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 27-avgustdagi farmoni bilan axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan “ASO Systems” kompaniyasi rahbari Saidahmad Arislanov mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy salohiyatini oshirish, yosh avlodni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi, mustaqillik g‘oyalariga sadoqati, fidokorona mehnati, vatanparvarligi, jamoat hayotida faol ishtirok etish orqali qo‘lga kiritilgan sharaf va hurmat uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan edi.