![]() |
![]() |
|
| Bosh sahifa | TIV | Xalqaro munosabatlar | Konsullik masalalari | Matbuot va media servis | O`zbekiston haqida | Hujjatlar |
|
Sayt bo`yicha qidirish |
Milliy bayramlar 1 yanvar - Yangi yil Yangi yilning birinchi kuni hisoblanadi. Yangi yil bayrami dunyodagi barcha mamlakatlarda yilning turli vaqtlarda keng nishonlanadi. Yangi yilning ramzi Qor bob ova Qor qiz hamda yasatilgan archa hisoblanadi. Soatlar sayni ana'anaviy tarzda 12 soatni urganda vaqtda 31 dekabrdan 1 yanvarga o'tar kechaning yarimkechasida Yangi yil kirib keladi. Shu vaqtda odamlar bezatilgan dasturxon atrofida ushbu bayramni o'z yaqinlari bilan keng nishonlaydilar. Shuningdek turli sovg`alar bilan bir-birlarini hushnud etadilar. 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni Mustaqil O'zbekistonda ushbu bayram o'z qurollantirish kuchlarni tashkil etishga bag`ishlangan. 1992 yil 14 yanvarda mamlakat parlamenti mamlakat hududidagi xarbiy o'quv yurtlar va boshqa xarbiy shakllarining barcha qismlari va birlashmalarini O'zbekiston Respublikasi yurisdiktsiya qaramog`iga o'tishi to'g`risida qarori qabul qilindi. Shunday qilib xususiy qurollantirish kuchlari tashkil etildi.1993 yilda 29 dekabrda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni deb e'lon qilindi. 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni Xalqaro xotin-qizlar kuni - go'zallik, nafislik va latofatlik bayramidir. Shuningdek, 8 Mart kuni "onalar kuni" sifatida ham taniqlidir. Odamlar ushbu bayramni sevgi, mehrbonlik va go'zallik bayrami sifatida nishonlaydilar. Bahor va Ayol tushunchalar qanchalik bir-birini bog`lab turishiga yana amin bo'lmoqdamiz va buni8 chuqur anglamoqdamiz. Tabiat ayollar bayrami bahorning birinchi kunlariga kelib tushishi huddi ayollar go'zalligini nafis gullar bilan taqqoslagaligi ham bekor emas. Ushbu bayramda erkaklar o'z onalariga, turmush o'rtoqlariga va qizlariga gullar va eng samimiy tilaklar bilan sovg`alarni beradilar. 21 Mart - Navro'z Navro'z qadimiy milliy bayrami ("Navro'z bayrami") forz tilidan tarjima qilindanda "yangi kun" ma'nosini anglatadi. Navro'z bayrami 21 mart kuni nishonlanadi va yangi yilning boshlanishi hisoblanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Kecha va kunduzning bir hilligidir- 12 soat. Yer butunjaxon astronomik tenglashgan davriga kirib keladi. Yana shu davrda yarimshar bo'yicha yil fasllari o'zgarib turadi, agar janubiy yarimsharda kuz kelsa, shimoliy yarimsharda esa- bahor. Ushbu bayram barcha o'simliklar va daraxtlar gullaganda va bahor tusiga kirgan vaqtda bahor kirib kelayotganda nishonlanadi. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko'pgina O'zbek oilalar turli milliy taomlarni tayyorlaydilar: Sumalak, Xalik, Ko'k somsa, Osh va boshqalar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo'lgan ko'p vitaminlarga boydir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng O'zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana'nalari kuchga kirdi, jumladan Navro'z bayramini nishonlash o'zga xos tusga ega bo'ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do'stlik va birlik ramziga ega bo'lgan umumxalq bayramidir. Xozirgi kunda Navro'z bayrami Alisher Navoiy maydonida keng nishonlanmoqda. 9 may - Xotira va qadrlash kuni 1999 yili 9 may kuni O'zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda. Ushbu bayram mustaqil O'zbekistonda asrlar davomida qaxramona, o'lkamizni ximoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag`ishlangan. Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma'noga egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, o'z Vatanini himoya qilishda joniga fido qilgan, shuningdek To'maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Nadjmiddin Kubro, Namaz-batir kabi qaxramonlar va asrlar davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan Kadiri, Bexbudi, Munavvar-kari, Cho'lpon, Avloni, Fitrat, Usmon Nasoir kabi milliy qaxramonlarimizni ruxini shod etib eslash ham farz ham qarzdur. Insoniyat ikkinchi jaxon urushida katnashgan, bu ayovsiz jangu jadalda kaxramonlarcha xalok bulganlar xotirasini aslo unutmaydi. 1 sentyabr - mustaqillik kuni O'zbekiston Respublikasining asosiy milliy bayrami - Mustaqillik kunidir. Ushbu bayram 1 sentyabr kuni marosimli va rang barang shaklda nishonlanadi. Ushbu milliy bayram do'stlik, xayriya va har tomonlama xurmatga tayangan O'zbek xalqining barcha orzularini nomoyon etadigan bayramdir. O'zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari millatiga, diniga va kelib chiqqan irqiga qaramasdan O'zbekistonning barcha hududlarida faol nishonlaydilar. San'at vakillari shaharning istirohat bog`larida va maydonlarda turli shoularni namoish etadilar. Kopgina xorijiy mehmonlar va turistlar esda qoladigan ana'naviy namoyishlarda ishtirok etadilar. 1 oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni Har yili 1 oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlamoqda. Qadim zamonlardan ustozga bo'lgan chuqur xurmat va e'tiroz saqlanib qolgan. "Domla", "Muallim", "Ustoz" kabi so'zlar o'z ustozlardan nafaqat bilimlarni va axoliga bo'lgan xurmat munosabati va Vatanga bo'lgan mehriga ega bo'lgan o'quvchilar asrlar davomida minnatdorchilik va izzat bilan murojjat etganlar. Maktab va o'quv muassasalarning o'quvchilari xayotning ilk bilimlarini bergan ustozlarga chuqur izzatdadirlar. Ushbu kunda o'quvchilar minnatdorchilik bilan gullar va sovg`alar bilan xayot yo'lida mashaqatli mehnat uchun chin yurakdan tabriklaydilar 8 dekabr - Konstitutsiya kuni Mamlakatimizda qonun ustuvorligi davlatimiz siyosatining asosiy tamoyillaridan biri sanaladi. O'zbekiston respublikasi Konstitutsiyasiya Oliy Kengash tomonidan 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi. Konstitutsiyasiya 6 bo'limdan, 26 bobdan va 128 ta moddadan iborat. Ushbu bayran butun O'zbekistonda keng nishonlanadi. Ramazon oyidan so'ng nishonlanadigan Iyd Al Fitr va Hajdan so'ng nishonlanadigan Iyd Al Adxa bayramlari ham milliy bayramlar hisoblanadi, biroq ushbu bayramlar nishonlanadigan kunlar Hijriy kalendarga muvofiq har yili o'zgarib turadi. Ramazon Xayiti (Iyd-al-Fitr) Ushbu bayram Ro'za xayiti sifatida tanilgan va musulmon (Xijriy) kalendarining 9-oyiga to'g'ri keladi. Ushbu bayram 30 kundan iborat bo'lib, ruxiy hamda ma'naviy tozalanish an'anasi hisoblanadi. Uning shartlari quyudagicha: kun chiqishdan to kun botganga qadar ovqat va suv iste'mol qilmaslik; yomon o'ylardan saqlanish; atrofdagilarga xurmatda bo'lish va ularga imkoniyat darajasida yaxshilik qilishdan iboratdir. Ushbu shartlarni bajargandan so'ng uch kundan iborat bo'lgan Ramazon Xayiti boshlanadi. "Ramazon Xayiti" birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi. Qurbon Xayiti (Iyd-al-Adxa) Musulmonlar tomonidan nishonlanadigan dunyodagi eng katta diniy bayramlardan biridir. Bubayramning negizi, o' o'g'lini Olloh yo'lida qurbon qilishga tayyor bo'lgan Payg'ambar Ibrohim bilan bog'liq bo'gan tarihiy voqeaga taqaladi, shunda uning harakati Olloh tomonidan to'htatilib o'rniga hayvon (qo'y, tuya va boshqa jonliq) qurbon qilish buyuriladi. Shu damdan boshlab barcha musulmonlar bu bayram kuni biro bir jonlig qurbon qilishadi. Bayram uch kun davom etadi va musulmonlar bu kunlarni oila va qarindoslar davrasida o'tkazadilar. Bayram kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan habar oladilar, muhtojlarga yordam beradilar. "Qurbon Xayiti"ning birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi. |
2009 yil – Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
Samarqand va Marg'ilon shaharlari yubileyi
O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligi O'R xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida o'tkazilgan tadbirlar
Multimedia
|