![]() |
![]() |
|
| Bosh sahifa | TIV | Xalqaro munosabatlar | Konsullik masalalari | Matbuot va media servis | O`zbekiston haqida | Hujjatlar |
|
Sayt bo`yicha qidirish |
Yangiliklar va voqealar
Islom Karimov Horst Zeyehoferni tabrikladi
12.03.2012 20:21 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Bundesrat Prezidenti Horst Zeyehoferni mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi.
Islom Karimov o‘z qutlov maktubida O‘zbekistonda o‘tgan davr mobaynida Germaniya bilan ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning barcha jihatlari bo‘yicha qaror topgan ochiq va konstruktiv muloqot, iqtisodiyot va sanoat sohalarida jadal yuksalayotgan o‘zaro manfaatli hamkorlik, an’anaviy do‘stona madaniy-gumanitar aloqalar yuksak baholanishini, shuningdek, kelgusida bu yo‘nalishlarning barchasi izchil rivojlanib, kengayib boraverishiga qat’iy ishonch mavjud ekanini ta’kidladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
|
2011 yil – Kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yili O'R xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida o'tkazilgan tadbirlar
Multimedia
|