Rossiyaning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv

2023-yil 21-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi mavjud vaziyat va tomonlarning ushbu yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorligi masalalari muhokama qilindi. Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatish muhimligini alohida ta’kidlandi.