×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
14:45:55 (GMT +5), dushanba, 20 - noyabr 2017
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


14 - noyabr 2017

O‘zbekiston va Ispaniya TIV rahbarlari uchrashuvi

2017-yilning 14-noyabr kuni Madrid shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ispaniya Qirolligi Tashqi ishlar va hamkorlik vaziri Alfonso Dastis bilan uchrashdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirishda istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor bergan holda davlatlararo aloqalarning ko‘plab masalalari batafsil muhokama qilindi hamda “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi”, “Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi” doirasidagi o‘zaro hamkorlik ko‘rib chiqildi va muhim xalqaro muammolar to‘g‘risida fikr almashildi.

Ostona shahrida 2017-yilning 9-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Ispaniya Qiroli Filipp VI bilan uchrashuvi azaldan ishonchli va konstruktiv xususiyatga ega O‘zbekiston va Ispaniya muloqotining muhim bosqichi bo‘lganligi mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

Ispaniya tomonining iltimosiga ko‘ra, A.Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-noyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” muvzuyidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqining asosiy vaziyatlari va forum yakunlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Suhbatda, o‘zaro tovar aylanishining o‘sishi, ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish har ikki tomon uchun ham birdek foydali ekanligini inobatga olgan holda O‘zbekiston va Ispaniya ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes aloqalarini o‘rnatish va kengaytirish uchun diplomatik qo‘llab-quvvatlashga tomonlar tayyor ekanliklari tasdiqlandi.

Shuningdek, uchrashuvda turizm sohasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Muzokaralar yakuniga yetgach, vazirlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Ispaniya Qirolligi o‘rtasida avia qatnov to‘g‘risidagi bitim va O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Ispaniya Qirolligi hukumati o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari to‘g‘risidagi bitim imzoladilar.

Mazkur hujjatlar transport-kommunikatsiya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratadi, shuningdek, ikki mamlakat milliy yuk tashuvchilarining qatnov geografiyasini kengaytish imkonini beradi.



Marta o`qilgan: 240