×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
14:36:28 (GMT +5), dushanba, 20 - noyabr 2017
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


13 - noyabr 2017

O‘zbekiston delegatsiyasining Madrid shahridagi uchrashuvlari

2017-yilning 13-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulazi Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Madrid shahrida Ispaniya Qirolligi Savdo bo‘yicha davlat kotibi Mariya Luisa Ponsela bilan uchrashdi.


Muzokaralar davomida hamkorlikni, avvalo savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Suhbatda ta’kidlanganidek, bugungi kunda O‘zbekiston va Ispaniya investitsion aloqalarni kengaytirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi va nomenklaturasi ko‘paytirish uchun yetarlicha imkoniyatlarga ega bo‘lib, 2017-yilning yanvar-iyul oylarida bu ko‘rsatgich 71,5 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Uchrashuv va shu kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Ispaniya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi biznes-forumda iqtisodiyotning turli sohalarida birgalikdagi va o‘zaro manfaatli yangi loyihalarni amalga oshirishning istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Ispaniya Qirolligi Hukumati o‘rtasida iqtisodiyot va sanoat sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Ispaniya Savdo palatasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.



Marta o`qilgan: 211