×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
20:34:26 (GMT +5), seshanba, 27 - iyun 2017
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - iyun 2017

Diqqat: 5-iyul kuni tashqi ishlar vaziri vatandoshlarimiz bilan to‘g‘ridan-to‘gri muloqot o‘tkazadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish doirasida 2017-yilning 5-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 14.00 dan 16.00 ga qadar tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistondagi va xorijdagi vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi va ularning savollariga javob beradi. Videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tadigan tadbirda O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari va bosh konsulxonalari rahbarlari ishtirok etadi.

Muloqot doirasida O‘zbekiston va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari qarshisida vatandoshlarimizning TIV faoliyati bilan bog‘liq dolzarb muammolari ko‘rib chiqiladi.

Tashqi ishlar vazirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish imkoniga ega bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari matn, audio va video ko‘rinishdagi o‘z savollarini Vazirning virtual qabulxonasiga, muloqot@tiv.uz rasmiy elektron manziliga, shuningdek, TIVning “Facebook”dagi rasmiy sahifasi va “Telegram”dagi kanalga oldindan jo‘natishlari mumkin.

Shu o‘rinda ma’lum qilamizki, anonim xatlar, odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, mantiq va ma’nosi bo‘lmagan takliflar va boshqalar), murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar mavjud bo‘lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo‘lmagan murojatlar ko‘rib chiqilmaydi.

Murojaatlar ushbu e’lon chop etilgan vaqtdan tadbir yakunlanganiga qadar – 2017-yilning 5-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 16.00gacha qabul qilinadi.



Marta o`qilgan: 3632