20:40:32 (GMT +5), shanba, 27 Маy 2017
Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


23 - fevral 2017

Bitim kuchga kirdi

2017-yilning 23-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Slovakiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Bitim kuchga kirdi. Ushbu Bitim 2016-yilning 20-sentabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Hujjatda ikki mamlakat vakolatli organlari o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashda hamda prekursorlarni qonuniy ishlab chiqarish, tarqatish va foydalanishni nazorat qilish sohasida hamkorlik mexanizmni yaratish ko‘zda tutiladi.

Mazkur Bitimning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishishingiz mumkin.



Marta o`qilgan: 883