18:14:04 (GMT +5), chorshanba, 29 - mart 2017
Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


18 - fevral 2017

O‘zbekiston va milliy aviakompaniya haqidagi maxsus veb-sahifa

Singapurda O‘zbekiston va «O‘zbekiston havo yo‘lari» Milliy aviakompaniyasi haqidagi maxsus veb-sahifa (www.flyuzbek.com) ishga tushirildi.

Internet-manbada O‘zbekiston, uning madaniyati, tarixi, an’analari, me’morchiligi, tabiati, milliy taomlari hamda shaharlari va mintaqalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilgan.

Har bir bo‘lim O‘zbekistonning turistik jozibadorligini aks ettiruvchi yorqin fotosuratlar bilan boyitilgan.

Portal orqali «O‘zbekiston havo yo‘lari» MAK samolyotlarining uchish xaritasi, aviachiptalarni sotib olishda taklif qilinadigan qulayliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish, shuningdek MAKning Singapurdagi bosh agenti «Aeeroworld Aviation»ga Singapur, Malayziya va Indoniziya hududlarida zarur yordam olish uchun murojaat qilish mumkin.



Marta o`qilgan: 891