17:14:22 (GMT +5), payshanba, 23 - mart 2017
Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


18 - fevral 2017

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining maktubi

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Tashqi ishlar va Hamdo‘stlik masalalari bo‘yicha Davlat kotibi janob Boris Jonsonga

Men Sizni muhim sana – O‘zbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan tabriklashdan bag‘oyat mamnunman.

O‘zbekiston Buyuk Britaniyani muhim xalqaro sherik hamda dunyoning ulkan siyosiy, iqtisodiy, texnologik va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan yetakchi va nufuzli mamlakatlaridan biri sifatida qabul qiladi.

O‘tgan davr mobaynida Sizning mamlakatingiz bilan o‘rnatilgan dinamik va teng huquqlilikka asoslangan munosabatlarni yuqori baholaymiz. Ushbu munosabatlar tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Ishonchimiz komilki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonga 40 dan ortiq Buyuk Britaniya delegatsiyalarining tashrif buyurishi ikki mamlakatning ham o‘zaro manfaatli va konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdori ekanligidan dalolat beradi.

Qayd etish lozimki, bugun mamlakatlarimiz o‘z yangi tarixida muhim ijtimoiy-siyosiy voqealarni boshdan kechirayotgan bir paytda O‘zbekistonda Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qilish istiqbollariga ishonch bilan qaraladi.

Mamlakatimiz uchun muhim bo‘lgan ushbu davrda Buyuk Britaniya hukumati va xalqining qo‘llab-quvvatlashini yuqori baholaymiz hamda Sizning o‘rinbosaringiz janob Alan Dunkanning O‘zbekistonga tashrifini ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash borasidagi Buyuk Britaniya samimiy qiziqishining tasdig‘i sifatida qaraymiz.

Biz o‘zaro tashriflar almashish amaliyotini davom ettirish, siyosiy muloqot, parlamentlararo hamkorlik, iqtisod va sanoat, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va san’at, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash sohalaridagi Buyuk Britaniya bilan sherikchilikni yanada izchil rivojlantirish tarafdorimiz.

Aminmanki, o‘zaro hurmat va tomonlar manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Buyuk Britaniya aloqalari mamlakatlarimiz farovonligi va manfaatlari yo‘lida bundan-buyon ham mustahkamlanadi.

Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul etgaysiz.

Samimiy hurmat bilan,

Abdulaziz Kamilov,

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri



Marta o`qilgan: 426