×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:58:51 (GMT +5), shanba, 24 - iyun 2017
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


14 - fevral 2017

O‘zbekiston rahbari Germaniyaning saylangan Federal prezidentini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Frank-Valter Shtaynmayerni Germaniya Federativ Respublikasi Federal prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi.

“Bo‘lib o‘tgan saylovlar sezilarli iqtisodiy, texnologik va intellektual salohiyatga ega jahonning yetakchi davlatlaridan biri – Germaniyaning xalqaro nufuzini mustahkamlashga Sizning muhim va tajribali davlat arbobi sifatida qo‘shgan munosib hissangiz evaziga qozongan yuqori ishonch va hurmatni tasdiqlaydi”, - deya maktubda qayd etildi.

Ta’kidlandanidek, 1991-yil 31-dekabrda Germaniyaning mamlakatimiz mustaqilligini birinchilardan tan olgani O‘zbekistonda yuqori baholanadi. O‘tgan yillar hamda muvaffaqiyatli hamkorlik tajribasi O‘zbekiston va Germaniyaning bir-biridan o‘zaro manfaatdor ekanligini namoyish etdi.

O‘zbekiston ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning barcha masalalari bo‘yicha ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirish, ikki tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini, birinchi galda, savdo-iqtisodiy, investitsion, texnologik, moliyaviy-texnik sohalarda, shuningdek yaqin madaniy-gumanitar munosabatlarni kengaytirishga ishonadi.

Davlatimiz rahbari Frank-Valter Shtaynmayerni o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.



Marta o`qilgan: 1199