18:07:50 (GMT +5), chorshanba, 29 - mart 2017
Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


10 - fevral 2017

O‘zbekiston delegatsiyasining Al-Quvayt shahridagi uchrashuvlari

2017-yilning 7-10-fevral kunlari Quvayt Davlatida rasmiy tashrif bilan bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Al-Quvayt shahrida Quvayt Savdo-sanoat palatasi Vitse-prezidenti Abdulvahab Muhammad al-Vazan, Quvayt investitsion kompaniyasi “Kuwait Investment CO” Bosh menejeri Favaz Sulayman al-Ahmad, KIPCO xolding kompaniyasi Vitse-prezidenti Faysal Hamad al-Ayyar, “Burgan Bank” Vitse-prezidenti, Direktorlar kengashi raisi Majid al-Ajil bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Shuningdek, Quvayt investitsiya agentligi, Quvaytning arab iqtisodiy taraqqiyot fondi rahbariyati bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston-Quvayt biznes-forumida ishtirok etdi. Unda aloqa o‘rnatish va o‘zaro qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirgan ikki davlat ishbilarmon tuzilmalari haqida ma'lumot berildi.


Uchrashuvlar davomida savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliya sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari amaliy jihatdan muhokama qilindi.



Marta o`qilgan: 377