18:08:36 (GMT +5), chorshanba, 29 - mart 2017
Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - fevral 2017

Quvayt Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2017-yilning 8-fevral kuni rasmiy tashrif bilan Quvaytda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Quvayt Davlati Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Sabah al-Xolid al-Hamad as-Sabah bilan muzokaralar o‘tkazdi.


O‘zbekiston va Quvayt tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi doirasidagi muzokaralarda ikki tomonlama va xalqaro kun tartibdagi bir qator masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Vazirlar O‘zbekiston va Quvaytning tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston-Quvayt aloqalarini savdo, investitsiya va boshqa sohalarda va istiqbolli yo‘nalishlardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda izchil rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqish uchun muntazam ravishda maslahatlashuvlar o‘tkazishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

O‘zbekiston tomoni Toshkent shahrida “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo‘li” shiori ostida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida O‘zbekiston raisligining ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun Quvayt tomoniga minnatdorchilik bildirdi.

A.Kamilov Quvayt TIV Rahbarini o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif qildi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim, diplomatik pasport egalarining o‘zaro vizasiz safarlari to‘g‘risida Bitim hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Quvaytning arab iqtisodiy taraqqiyot fondi (QAIRF) o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashinuv Memorandumi imzonlandi. Mazkur Memorandum umumiy qiymati 60 mln. AQSh dollari bo‘lgan ijtimoiy loyihalarni kelgusi yillarda moliyalashtirishda QAIRFning ishtiroki ko‘zda tutadi.



Marta o`qilgan: 538