18:24:32 (GMT +5), chorshanba, 24 Маy 2017
Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


7 - fevral 2017

“Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida

2017-yilning 7-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining Birinchi o‘rinbosari Asqar Maminni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

A.Mamin O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, mamlakatlarimiz o‘rtasida temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishga qo‘shgan shaxsiy xissasi, shuningdek mintaqalararo ahamiyatga ega yirik loyihalarni amalga oshirish va Markaziy Osiyo mintaqasidagi xalqaro transport koridorlarini yaratishda faol ishtirok etganligi uchun mukofotlandi.



Marta o`qilgan: 678