22:15:07 (GMT +5), dushanba, 22 Мая 2017
Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


6 - fevral 2017

O‘zbekistonning Buxoro va Xorazm viloyatlari delegatsiyalari Turkmanistonning Lebap va Toshhovuz viloyatlariga tashrif buyurdilar

2017-yilning 4-5-fevral kunlari ikki davlat rahbarlari topshiriqlarini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Buxoro va Xorazm viloyatlari delegatsiyalari Turkmanistonning Lebap va Toshhovuz viloyatlariga tashrif buyurdilar.

Tashriflar doirasida ikki mamlakatning mazkur hududlari ma’muriy rahbarlari, ishbilarmon doiralari va jamoatchilik vakillari ishtirokida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

Tomonlar ushbu ikki qardosh davlatlar va xalqlar o‘rtasida yuqori darajadagi ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarning shakllanishidan mamnun ekanliklarini izhor etdilar.

Mintaqalararo darajada to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qalin sherikchilik aloqalarini, xususan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Tashriflar doirasida Turkmanistonning Lebap va Toshhovuz viloyatlarining ishlab chiqarish korxonalari va madaniy yodgorliklari O‘zbekiston delegatsiyalariga tanishtirildi.



Marta o`qilgan: 1343