18:23:36 (GMT +5), chorshanba, 24 Маy 2017
Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


6 - fevral 2017

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki boshqaruvchi direktori bilan uchrashuv

2017-yilning 6-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bugun Toshkentga kelgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalia Xanjenkova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.


Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Ikki tomon munosabatlarida vujudga kelgan muayyan to‘xtalish hamkorlikning holati va istiqbollariga zamonaviy shartlar asosida yangicha nigoh tashlashga imkon berishi ta’kidlandi.

Shuningdek, YTTB prezidenti Suma Chakrabartining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi kun tartibi ham ko‘rib chiqildi.

Suhbat davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Shahriyor Turg'unboyev olgan surat



Marta o`qilgan: 673