×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:01:19 (GMT +5), yakshanba, 25 - iyun 2017
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


3 - fevral 2017

“Yakkasaroy kichik sanoat zonasi” faoliyati bilan tanishuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish asnosida Yakkasaroy tumanidagi “Yakkasaroy kichik sanoat zonasi” davlat unitar korxonasiga tashrif buyurdi.

Mamlakatimizning barcha hududlari kabi poytaxtimizda ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, tadbirkorlarning erkin faoliyat ko‘rsatishini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bunda yangi bosqichni, yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Bugungi kunda Toshkent shahrining Yunusobod, Sergeli va Yakkasaroy tumanlarida uzoq yillardan beri faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar negizida 3 ta texnopark tashkil etilgan bo‘lib, ular tadbirkorlarga mavjud quvvatlardan samarali foydalanish, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda qulay shart-sharoitlar yaratmoqda.

Yakkasaroy tumanidagi sobiq to‘qimachilik kombinati hududida tashkil etilgan “Yakkasaroy kichik sanoat zonasi” davlat unitar korxonasining umumiy yer maydoni 61,2 gektarga, bino va inshootlar maydoni 338 ming kvadrat metrga teng. Hozir bu yerda 284 tadbirkorlik subyekti to‘qimachilik, kimyo sanoati, oziq-ovqat, mebelsozlik, metallni qayta ishlash, qog‘oz, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mashinasozlik kabi tarmoqlarda faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan 2016-yilda 630 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 48,5 million dollarlik tovarlar eksport qilingan.

Tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida texnopark hududida bank shoxobchasi, notarial idora, temir yo‘l liniyasi xizmat ko‘rsatmoqda. Bu yerda 6 ming 600 dan ziyod ishchi mehnat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari texnopark hududidagi loyihalar bilan tanishar ekan, bunday kichik sanoat zonalarini poytaxtimizning barcha tumanlarida tashkil etish, ularda kichik biznes vakillariga keng imtiyozlar yaratish zarurligini ta’kidladi. Mazkur korxonalarning xorijiy hamkorlar topishiga ko‘maklashish lozimligi, bu ularning chet el bozorlariga chiqishi va mahsulotlari eksportini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev texnopark hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqotda mamlakatimizda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhitidan samarali foydalanib, mahsulotlar sifatini oshirish, eksport faoliyatini yanada rivojlantirish, xorijiy ko‘rgazmalarda faol ishtirok etishni taklif etdi. Mutasaddi rahbarlarga bunday faoliyatni qo‘llab-quvvatlash uchun mahsulotlarni mahalliylashtirishga keng yo‘l ochish, tadbirkorlarga xorijdan xomashyoni keltirish va yurtimizda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun investitsiyalar ajratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. 



Muallif: O‘zA
Marta o`qilgan: 776