18:07:32 (GMT +5), chorshanba, 29 - mart 2017
Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


25 - yanvar 2017

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 24-yanvar kuni Respublika baynalmilal madaniyat markazining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi

Tadbirga milliy madaniy markazlar rahbarlari va faollari, parlament va hukumat a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari taklif etildi.

Tadbir ishtirokchilari avval Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Bayram tadbiri ochiq deb e’lon qilindi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni milliy madaniy markazlarning bir guruh faollari bilan uchrashdi. Uchrashuv qatnashchilari va ular timsolida ko‘p millatli butun O‘zbekiston xalqini Respublika baynalmilal madaniyat markazining 25-yilligi bilan samimiy tabrikladi. Davlatimiz rahbari milliy madaniy markazlar faollaridan bir guruhiga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirdi.

Tantanali marosimda ana shu tadbir tafsilotlari namoyish qilindi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-yanvardagi qaroriga binoan mamlakatimizda Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etildi.

1992-yili O‘zbekistonda turli millat va elatlarning 10 milliy madaniy markazi faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugun ular 137 taga yetdi.

– O‘zbekistonda tug‘ildim, shu yerda ta’lim-tarbiya oldim, oilali bo‘ldim, shu buyuk va muqaddas Vatan farzandi ekanimdan faxrlanaman, – dedi Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori, senator, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Agrippina Shin. – Mamlakatimizda milliy madaniy rang-baranglik hayotimizning ajralmas qismiga aylangani barqarorlikni ta’minlashda, jamiyatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonning millatlararo munosabatlarni mustahkamlash borasidagi katta tajribasi butun dunyoda keng e’tirof etilmoqda, ko‘plab mamlakatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.

Respublika baynalmilal madaniyat markazining 25-yilligi munosabati bilan mamlakatimizning barcha hududlarida turli tadbirlar o‘tkazildi.

– Bugun hayotimda juda quvonchli kun, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Shuhrat” medalini ko‘ksimga taqib qo‘ydi, – dedi Toshkent shahar “Svitanak” belorus milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari Nina Shubnikova. – O‘zbekiston – tinchlik, totuvlik, farovonlik va baxt mamlakati. Bu muqaddas Vatanda har bir inson, millati, dini va tilidan qat’i nazar, mehnat qilsa, xalqimiz uni ardoqlaydi.

Respublika baynalmilal madaniyat markazining 25 yilligiga bag‘ishlangan katta bayram dasturida san’at ustalari va milliy madaniy markazlar badiiy jamoalari ijrosida Vatan, istiqlol, tinchlik, do‘stlik va hamjihatlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev, Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov ishtirok etdi.



Muallif: O'zA
Marta o`qilgan: 349