12:14:45 (GMT +5), yakshanba, 26 - mart 2017
Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


3 - yanvar 2017

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 6-oktabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2016-yil 12-oktabrda ma’qullangan

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi 285–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan 77–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 148-modda; 2003--yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005--yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 410-modda; 2009-yil, № 9, 330-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 8-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi «veterinariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari va talablariga» degan so‘zlar «veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalariga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 17-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisidagi «veterinariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari va talablarini» degan so‘zlar «veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalarini» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) 27-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«27-modda. Olib kirilayotgan tovarlarga qo‘yiladigan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya va ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalari

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlar O‘zbekiston Respublikasida belgilangan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya va ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalariga muvofiq bo‘lishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga:

ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan standartlar, talablar, qoidalar va normalarga mos kelmaydigan tovarlarni;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sertifikatga, markirovkaga yoki muvofiqlik belgisiga ega bo‘lmagan tovarlarni olib kirish taqiqlanadi».

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida»gi 422–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 11-iyulda qabul qilingan O‘RQ–162-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 353-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 9-moddaning ikkinchi qismidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

2) 27-moddaning matnidagi «mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

3) 28-moddaning:

birinchi qismidagi «mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari» degan so‘zlar «tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi «tuman, shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari» degan so‘zlar «tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi 425–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda; 1994-yil, № 11–12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 153-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 97-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, №1, 2-modda) 4-moddasi 3-bandining 28-kichik bandidagi «veterinariya xizmati» degan so‘zlar «davlat veterinariya xizmati» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi 510–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 616–I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5–6, 97-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 13-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini mamlakat hududidan tashqarida ishga joylashtirish Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan amalga oshiriladi»;

2) 16-modda:

nomidagi va birinchi qismidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismining:

birinchi xatboshisidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

to‘rtinchi xatboshisidagi «Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi (bundan buyon matnda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi deb yuritiladi)» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi o‘n oltinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi «Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi» degan so‘zlar «Bandlikka ko‘maklashish» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) 18-modda birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisining, ikkinchi va to‘rtinchi qismlarining o‘zbekcha matnidagi «Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi» degan so‘zlar «Bandlikka ko‘maklashish» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

4) 21-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«21-modda. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish va mehnat organlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tuziladi.

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining daromadlari:

yagona ijtimoiy to‘lov tushumlarining belgilangan miqdori;

vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larni joylashtirishdan tushgan daromadlar;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larining yetmish foizi keyinchalik tumanlar va shaharlar o‘rtasida qayta taqsimlangan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat organlari tasarrufida qoladi, o‘ttiz foizi esa respublika darajasida markazlashtiriladi.

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘larini sarflash yo‘nalishlari aholi bandligiga oid tegishli respublika, hududiy va boshqa maxsus dasturlarida belgilanadi»;

5) 23-modda ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi «Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi» degan so‘zlar «Bandlikka ko‘maklashish» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

6) 25-modda yettinchi qismining o‘zbekcha matnidagi «Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi» degan so‘zlar «Bandlikka ko‘maklashish» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

7) 28-moddaning uchinchi qismidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

8) 35-modda:

birinchi qismining o‘zbekcha matnidagi «Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi» degan so‘zlar «Bandlikka ko‘maklashish» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘laridan ajratiladigan moddiy yordam ko‘rsatish tartibi, miqdorlari hamda shartlari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi».

5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi № 513–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 4-sentabrda qabul qilingan O‘RQ–394-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 9, 340-modda) 14-moddasining birinchi qismidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi 837–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4–5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) 51-moddasining birinchi qismidagi «davlat sanitariya va veterinariya nazorati organlari» degan so‘zlar «davlat sanitariya nazorati va davlat veterinariya xizmati organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi 915–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan O‘RQ–350-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 96-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 13-modda uchinchi qismining:

oltinchi xatboshisidagi «hayvonlar saqlashning veterinariya-sanitariya qoidalariga» degan so‘zlar «veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

yigirma to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarni, yolg‘iz keksa fuqarolarni, pensionerlarni va nogironlarni moliya organlari va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda aniqlaydi»;

2) 17-modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentyabrda qabul qilingan «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi 938–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4–5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4–5, 74-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) 12-moddasi «m» bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«m) qariyalar, nogironlar va yolg‘iz fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda bevosita band bo‘lgan ijtimoiy xodimlar (3-sonli ro‘yxat, IX qism)».

9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 168-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish –

eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Firibgarlik:

a) ancha miqdorda;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;

v) kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, –

eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Firibgarlik:

a) ko‘p miqdorda;

b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

v) xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, –

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etilgan holda besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Firibgarlik:

a) juda ko‘p miqdorda;

b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;

v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, –

eng kam oylik ish haqining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi»;

2) 184(1)-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«184(1)-modda. Budjet va smeta-shtat intizomini buzish

Moliya yilida budjet va smeta-shtat intizomini buzish ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, –

eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish juda ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, –

eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;

3) 192(7)-moddaning dispozitsiyasidagi «nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan o‘zga to‘lovlarni» degan so‘zlar «pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan o‘zga to‘lovlarni» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

4) 200-moddaning nomi va dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«200-modda. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish

Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish hayvonlarning yoki parrandalarning epidemik kasalliklari (epizootiyalar) tarqalishiga, ularning yalpi qirilib ketishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa»;

5) 267-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Transport vositasini olib qochish –

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;

v) zo‘rlik ishlatib yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib;

g) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida o‘g‘rilik yoki talonchilik yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, –

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;

b) uyushgan guruh tomonidan;

v) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida bosqinchilik yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, –

o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».

10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) X bobning nomidagi «veterinariya-sanitariya qoidalarini» degan so‘zlar «veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 109-moddaning nomi va dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«109-modda. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish

Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik, epizootiyalarga qarshi kurashish choralarini ko‘rmaganlik»;

3) 175(2)-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«175(2)-modda. Budjet va smeta-shtat intizomini buzish

Moliya yilida budjet va smeta-shtat intizomini buzish uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, –

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, –

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Uncha ko‘p bo‘lmagan miqdor deganda eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor tushuniladi»;

4) quyidagi mazmundagi 175(6)-modda bilan to‘ldirilsin:

«175(6)-modda. Budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibini buzish

Budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibini buzish –

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;

5) 241(7)-moddaning dispozitsiyasidagi «nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan o‘zga to‘lovlarni» degan so‘zlar «pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan o‘zga to‘lovlarni» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

6) 245-moddaning birinchi qismidagi «175(3)-moddalarida» degan so‘zlar «175(3), 175(6)-moddalarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

7) 259-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«259-modda. Davlat veterinariya xizmati

Davlat veterinariya xizmatiga ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

Quyidagilar davlat veterinariya xizmati nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqli:

O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari, davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektori va uning o‘rinbosarlari – eng kam ish haqining ikki baravarigacha miqdorda;

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining davlat veterinariya inspektorlari, tumanlar va shaharlarning bosh davlat veterinariya inspektorlari, chegara va transportdagi veterinariya punktlarining (uchastkalarining) davlat veterinariya inspektorlari hamda veterinariya uchastkalarining va bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalarining davlat veterinariya inspektorlari – eng kam ish haqining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga».

11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21 dekabrda qabul qilingan 161–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010-yil, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 9-moddaning birinchi qismidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

2) 46-moddaning birinchi qismidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

3) 49-moddaning birinchi qismidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

4) 51-moddaning to‘rtinchi qismidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

5) 56-moddaning matnidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

6) 59-moddaning birinchi qismidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

7) 71-moddaning birinchi qismidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

8) 117-moddaning ikkinchi qismidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

9) 137-moddaning ikkinchi qismidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

10) 225-moddaning uchinchi qismidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

11) 241-moddaning uchinchi qismidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi 265–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 16-moddaning beshinchi qismidagi «mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

2) 17-moddaning uchinchi qismidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

3) 21-moddaning:

birinchi qismidagi «va mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismidagi «mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar «sog‘liqni saqlash» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

4) 22-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Nogironlar davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy-sanitariya yordami olish, uyda parvarish qilinish, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz nogironlar, surunkali ruhiy kasalliklarga chalingan nogironlar esa nogironlar va qariyalar uchun mo‘ljallangan internat uylarida yashash huquqiga ega»;

5) 29-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi «mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida»gi 483–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 2-modda:

ikkinchi xatboshisining ruscha matnidagi «veterinarnыm, fitosanitarnыm normam i pravilam» degan so‘zlar «veterinarnыm, veterinarno-sanitarnыm, fitosanitarnыm pravilam i normam» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

o‘ninchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi «veterinariya, fitosanitariya normalari va qoidalariga» degan so‘zlar «veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalariga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 5-moddaning birinchi qismidagi «veterinariya» degan so‘z «veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) 10-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yangi oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishga, yangi texnologiya jarayonlarini, uskunalarni joriy etishga ular toksikologiya-gigiyena ekspertizasidan, hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat xom ashyosi esa davlat veterinariya xizmati tomonidan o‘tkaziladigan veterinariya va veterinariya-sanitariya ekspertizasidan keyin va (yoki) mahsulot belgilangan qoidalar va normalarga mosligi haqida davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarning sanitariya-epidemiologik xulosasi, davlat veterinariya xizmatining veterinariya xulosasi olinganidan hamda oziq-ovqat mahsuloti davlat reyestriga kiritilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi»;

4) 11-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat xom ashyosini yetishtirish chog‘ida veterinariya dori vositalarini va ozuqabop qo‘shimchalarni qo‘llashga ular belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi»;

5) 17-moddaning:

nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«17-modda. Qoidalar va normalarga mos kelmaydigan oziq-ovqat mahsulotidan foydalanish hamda uni yo‘q qilib tashlash

Yaroqlilik muddati o‘tgan, sifatsizligi belgi berib turgan, taqqoslash va ishlab chiqaruvchisini aniqlash mumkin bo‘lmagan, shuningdek sanitariya-gigiyena ekspertizasi, laboratoriya tekshiruvlari va (yoki) veterinariya, veterinariya-sanitariya ekspertizasi va sertifikatlashtirish sinovlari natijalariga ko‘ra davlat sanitariya nazorati va (yoki) davlat veterinariya xizmati organlari tomonidan ovqatga ishlatish uchun yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilish va realizatsiya qilinishdan olib tashlanadi, u belgilangan maqsadda ishlatilmasligi hamda qayta ishlanishi yoki yo‘q qilib tashlanishi kerak»;

oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Oziq-ovqat mahsulotining egasi davlat sanitariya nazorati va (yoki) davlat veterinariya xizmati organlariga ushbu mahsulotdan foydalanilganligi yoki u yo‘q qilib tashlanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani taqdim etadi».

14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 602–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26 avgustda qabul qilingan 662–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 29-moddasi uchinchi qismining o‘ninchi xatboshisidagi «zooveterinariya» degan so‘z «veterinariya» degan so‘z bilan almashtirilsin.

15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 604–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5–6, 88-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 25-moddasi uchinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi «zooveterinariya» degan so‘z «veterinariya» degan so‘z bilan almashtirilsin.

16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi 717–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) 14-moddasining birinchi qismidagi «(yong‘inga qarshi, sanitariya, veterinariya, energetika nazorati va boshqa)» degan so‘zlar «(yong‘inga qarshi, sanitariya, energetika nazorati, davlat veterinariya xizmati va boshqa)» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida»gi 820–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 217-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda) 35-moddasining birinchi xatboshisidagi «sanitariya-karantin, veterinariya» degan so‘zlar «sanitariya-karantin tekshiruvi, veterinariya» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan O‘RQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013-yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, №12, 452, 454-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 147-moddaning 15-bandidagi «mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar «mehnat organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 159-moddaning 1-bandidagi «mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar «mehnat organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) 208-modda 13-bandining:

birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«tibbiy xizmatlar (kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) va veterinariya xizmatlari, dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan shunday vositalar va buyumlar. Ushbu bandning qoidalarini qo‘llash maqsadlarida»;

uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«veterinariya xizmatlari jumlasiga hayvonlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, hayvonlar kasalliklari paydo bo‘lishining, tarqalishining oldini olish hamda bu kasalliklarni tugatish, aholini hayvonlar va odam uchun umumiy bo‘lgan kasalliklardan muhofaza qilish, O‘zbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilish, hayvonlarga veterinariya xizmati ko‘rsatilishini amalga oshirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida veterinar osoyishtalikni, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning veterinariya, veterinariya-sanitariya xavfsizligini ta’minlash kiradi»;

4) 211-moddaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«6) dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar, shuningdek dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariyaga mo‘ljallangan buyumlar ishlab chiqarish uchun qonun hujjatlarida belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan xom ashyo. Mazkur imtiyoz olib kirilayotgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ham ishlab chiqarilayotgan tayyor dori vositalariga, veterinariya dori vositalariga, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlarga nisbatan tatbiq etilmaydi»;

5) 329-moddaning 24-bandidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

6) 331-moddaning 12-bandidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

7) 355-modda ikkinchi qismi 1-bandining to‘qqizinchi xatboshisidagi «mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar «mehnat organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvarda qabul qilingan «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘RQ–139-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 1, 1-modda; 2009-yil, № 12, 471-modda) 28-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Nogiron bolalar davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy-ijtimoiy yordam olish va o‘z uylarida parvarish qilinish huquqiga ega».

20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23 aprelda qabul qilingan «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘RQ–213-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 4, 140-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:

1) 3-moddaning to‘rtinchi xatboshisi «sanitariya» degan so‘zdan keyin «veterinariya» degan so‘z bilan to‘ldirilsin;

2) 17-moddaning:

ikkinchi qismi «sanitariya» degan so‘zdan keyin «veterinariya» degan so‘z bilan to‘ldirilsin;

uchinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya va fitosanitariya qoidalari va normalarida quyidagilar belgilanadi».

21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrda qabul qilingan «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ–263-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 343-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:

1) 6-moddaning beshinchi xatboshisidagi «mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarini» degan so‘zlar «fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 8-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

3) 16-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi – o‘n beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:

«ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlarga va oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda ularni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilishning zamonaviy uslublari va texnologiyalaridan foydalanadi;

voyaga yetmaganlarning dam olishini, ijtimoiy muassasalarda tashkil etilgan to‘garaklarda yoki markazlarda ijodiy qobiliyatini rivojlantirishini tashkil etishda ishtirok etadi;

nogiron bolalarni tibbiy-ijtimoiy yordam bilan ta’minlaydi, nogiron bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmatlarining kompleks tarmoqlarini rivojlantiradi;

yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borishda ishtirok etadi»;

4) 17-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«17-modda. Mehnat organlari

Mehnat organlari o‘z vakolatlari doirasida:

voyaga yetmaganlarni ishga joylashtirishga, kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashadi, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqadi;

yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borishda ishtirok etadi.

Mehnat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin».

22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrda qabul qilingan «Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ–269-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 469-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda) 18-moddasi birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisidagi «tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari» degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

23-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 23-sentabrda qabul qilingan «Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘RQ–353-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 9, 239-modda) 15-moddasining ikkinchi qismidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 4-oktabrda qabul qilingan «Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida»gi O‘RQ–354-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 10, 262-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 5-moddaning oltinchi xatboshisi «veterinariya» degan so‘zdan keyin «veterinariya-sanitariya» degan so‘z bilan to‘ldirilsin;

2) 7-moddaning sakkizinchi xatboshisi «veterinariya» degan so‘zdan keyin «veterinariya-sanitariya» degan so‘z bilan to‘ldirilsin;

3) 11-moddaning:

nomi «veterinariya» degan so‘zdan keyin «veterinariya-sanitariya» degan so‘z bilan to‘ldirilsin;

matni «veterinariya» degan so‘zdan keyin «veterinariya-sanitariya» degan so‘z bilan to‘ldirilsin;

4) 19-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi «veterinariya» degan so‘zdan keyin «veterinariya-sanitariya» degan so‘z bilan to‘ldirilsin.

25-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ–360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 72-modda 2-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«tumanlar va shaharlar davlat veterinariya bo‘limlarini, laboratoriyalarini saqlab turish»;

2) 77-moddaning:

uchinchi xatboshisidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

ettinchi xatboshisidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

3) 106-moddaning beshinchi qismidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

26-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 2-yanvarda qabul qilingan «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi O‘RQ–364-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 7-modda:

birinchi qismining:

beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

oltinchi xatboshisi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;

ikkinchi qismining:

uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«tuman, shahar tibbiyot birlashmalari tomonidan – sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarga, shuningdek sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga nisbatan amalga oshiriladi»;

to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

2) 9-moddaning nomidagi, birinchi qismining birinchi xatboshisidagi va ikkinchi qismidagi «mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

3) 12-modda birinchi qismining o‘n sakkizinchi xatboshisidagi «mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

4) 13-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari o‘z vakolatlari doirasida:

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarni, shuningdek sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi hamda ularning hisobini yuritadi;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, shuningdek sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarning axborot bazasini yuritadi, ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadi, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonun hujjatlarida belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadi;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, shuningdek sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma’lumotlarni davlat reyestriga kiritish uchun tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;

vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan hamda vasiylarga va homiylarga qo‘yiladigan talablarga mos bo‘lgan shaxslarni tanlashni hamda hisobga olishni amalga oshiradi;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarga, shuningdek sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan shaxslarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlaydi;

muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarning, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan shaxslarning turmush va ta’minot sharoitlarini, shuningdek vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarning turmush sharoitlarini tekshiruvdan o‘tkazadi hamda bu haqda dalolatnoma tuzadi;

vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi to‘g‘risida tuman, shahar hokimiga xulosa beradi;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini yuritadi;

vasiylar va homiylarning o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni parvarish qilishni, tarbiyalashni va ularning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda yordam ko‘rsatadi;

vasiylikni yoki homiylikni tugatish to‘g‘risida, shuningdek ushbu Qonunning 29 va 30-moddalarida nazarda tutilgan hollarda vasiylarni yoki homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadi;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga doir ariza bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qiladi, mazkur masalalarga doir ishlarni sud majlislarida ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga tegishincha maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik va tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik qiladi;

fuqarolarga vasiylik va homiylik masalalari bo‘yicha maslahatlar beradi;

fuqarolarning vasiylik va homiylik masalalariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan zarur choralar ko‘radi.

Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin»;

5) 14-modda chiqarib tashlansin;

6) 16-moddaning birinchi qismidagi «mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari» degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

27-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ–371-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:

1) 9-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi «va aholini ijtimoiy muhofaza qilish» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

2) 16-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«16-modda. Mehnat organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari

Mehnat organlari:

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

mehnat va aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

aholini ish bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi, ishsizlarni hisobga olishni va ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

mehnat va aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini hamda ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.

Mehnat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin»;

3) 18-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

«ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi»;

o‘ninchi xatboshisi o‘n birinchi xatboshi deb hisoblansin.

28-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev

Toshkent shahri,

2016-yil 26-dekabr

№ O‘RQ-416



Marta o`qilgan: 662