18:08:45 (GMT +5), chorshanba, 29 - mart 2017
Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


30 - yanvar 2017

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining 25-yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, aviatsiya xavfsizligi va parvozlarni sifatli amalga oshirishni ta’minlash, tizimga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasidagi katta xizmatlari uchun quyidagilarga faxriy unvon berilsin:

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi»

Muxamedjanov Davlet Talgatovich – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Uchuvchilar majmuasining «A-320» uchuvchilar otryadi uchuvchi-yo‘riqchi metodisti

Salimov Sergey Martiyevich – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi «Uzbekistan airways technics» aviakorxonasining liniyali xizmat ko‘rsatish sexi boshlig‘i

Yurtimiz havo transporti tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, milliy aviatsiyamizni xalqaro andozalarga muvofiq takomillashtirish, sohaga oid islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Akbarov Akmal Akramovich – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari

Nurmatov Dilshatjon Axmatovich – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining «Maxsus aviatsiya ishlari» kompaniyasi Qarshi aviazvenosi komandiri

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Ibragimov Ilxam Karimovich – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining «Maxsus aviatsiya ishlari» kompaniyasi 1-uchuvchilar otryadi komandirining o‘rinbosari

Klebleyev Gani Rustamovich – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi «Uzbekistan airways technics» aviakorxonasining G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish markazi bosh menejeri

Tyan Sergey Valerevich – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi O‘quv-mashq markazi direktorining parvoz tayyorgarligi bo‘yicha o‘rinbosari – Uchuvchilar-metodika bo‘limi boshlig‘i

Xusanov Umid Abrorovich – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining Parvozlar xavfsizligi bo‘yicha inspeksiyasi bosh inspektori

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abdullajanov Maxkam – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining o‘ta muhim parvozlar bo‘yicha bosh dispetcheri

Karabash Dilyaver Eskenderovich – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Uchuvchilar majmuasi «A-320» uchuvchilar otryadi komandirining o‘rinbosari

Marupov Djavoxir Abduxafizovich – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining «Maxsus aviatsiya ishlari» kompaniyasi 2-uchuvchilar otryadi komandiri

Romanova Raisa Mixaylovna – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Markaziy ishlab chiqarish-dispetcherlik xizmatining rejalashtirish va ishlab chiqarishni boshqarish bo‘limi boshlig‘i

«Shuhrat» medali bilan

Abdukaxarov Alisher Shavkatovich – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi «Toshkent xalqaro aeroporti» davlat unitar korxonasining parvozlarning elektr yorug‘lik texnik ta’minoti xizmati elektrmontyori

Babayev Taxir Fazilovich – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi «O‘zaeronavigatsiya» markazi Termiz hududiy bo‘linmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

Glazkov Andrey Anatolevich – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi «Toshkent xalqaro aeroporti» davlat unitar korxonasining maxsus transport xizmati haydovchisi

Isayev Ulugbek Sadullayevich – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi «Navoiy xalqaro aeroporti» davlat unitar korxonasi direktorining birinchi o‘rinbosari

Mirzayev Kudrat Mirxalilovich – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi «Uzbekistan airways technics» aviakorxonasi sex muhandisi

Salaxitdinov Rustam Zaynabidinovich – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi «Uzbekistan airways technics» aviakorxonasi direktorining birinchi o‘rinbosari

Solodovnikov Denis Georgiyevich – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Uchuvchilar majmuasining parvozlar xavfsizligini boshqarish va sifat menejmenti tizimi bo‘limi boshlig‘i

Toxirov Voxidjon Zoxidovich – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi «Samarqand xalqaro aeroporti» davlat unitar korxonasining maxsus transport xizmati haydovchisi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

Toshkent shahri,

2017-yil 28-yanvar



Marta o`qilgan: 505