06:32:29 (GMT +5), chorshanba, 22 - fevral 2017
Harflar o‘lchami    
Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


12 - noyabr 2016

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Sadullayevich Otamuratovning tarjimai holi

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Sadullaevich Otamuratov 1973-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy, Toshkent davlat universiteti falsafa-iqtisodiyot fakultetining sotsiologiya bo‘limini, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Sotsiologiya fanlari nomzodi.

1995-2006-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Valyuta-iqtisod bosh boshqarmasida yetakchi iqtisodchi, bosh iqtisodchi, bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida, 2006-2009-yillarda sug‘urta kompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

2009 va 2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

2010-2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

2013-yilda Sarvar Otamuratov O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi etib saylangan.

Uning bevosita rahbarligida partiyaning kadrlar tarkibi mustahkamlandi, hududiy partiya tashkilotlarining aholi bilan ishlash borasidagi faoliyati takomillashtirildi, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarining joylarda O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi maqsad va vazifalarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha faoliyati kuchaytirildi.

2015-yildan bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Fraksiya rahbari lavozimida deputatlarning ijtimoiy va axborot sohalarini isloh etishga qaratilgan qonun loyihalarini ishlab chiqish, markaz va joylarda samarali deputatlik nazoratini amalga oshirishga doir tizimli faoliyatini tashkil etdi.

Sarvar Otamuratovning globallashuv sharoitlarida o‘zlikni anglashni kuchaytirish, fuqarolarda, ayniqsa, yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish va boshqa dolzarb mavzularga bag‘ishlangan qator risolalari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari va maqolalari chop etilgan.

Oilali, ikki farzandi bor.



Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati
Просмотров: 519