06:31:26 (GMT +5), chorshanba, 22 - fevral 2017
Harflar o‘lchami    
Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


12 - noyabr 2016

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonovning tarjimai holi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonov 1969-yilda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy, 1993-yilda Andijon davlat tillar pedagogika institutini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 1993-yilda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi 28-sonli o‘rta maktabda o‘qituvchilikdan boshlagan. 1995-2004-yillarda Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2004-2013-yillarda Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimida mehnat qilgan.

Bu davrda Xatamjon Ketmonov viloyatda jamoat tashkilotlarini rivojlantirish, mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini echishda ularning rolini oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha amaliy choralarning hayotga tatbiq qilinishida faol ishtirok etdi.

Uning bevosita ishtirokida viloyatda davlat va jamoat tashkilotlarining o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol rivojlantirish, yoshlarning siyosiy, huquqiy ongini yuksaltirish, fuqarolik burchlarini anglashlari yo‘lidagi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

2013-yilda Xatamjon Ketmonov O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi etib saylandi.

O‘tgan davr mobaynida partiyaning markazda va joylardagi kadrlar salohiyatini sezilarli darajada oshirdi, partiya elektoratini o‘ylantirayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni echishda partiya tashkilotlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari bilan hamkorligini yaxshilashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirdi.

2014-yilda u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi.

2015-yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Oilali, uch nafar farzandi bor.



Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati
Просмотров: 472