00:00:32 (GMT +5), seshanba, 25 - aprel 2017
Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasiga chiqish tartibi haqida ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida vizasiz kirish-chiqish tartibi amal qiladi.

Shuningdek, vizasiz kirish-chiqish tartibi toifasiga quyidagi “vizasiz” mamlakatlar qiradi: Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikasi (60 kungacha), Moldova, Ozarbayjon, Ukraina.

2014-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasiga O‘zbekiston hududidan chiqishi faqat biometrik pasportlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Amaldagi qonunchilikda (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PF-4262-sonli 05.01.2011-yildagi Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizom”), O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti O‘zbekiston hududida va undan tashqarida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini va egasining shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjat deb belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining biometrik bo‘lmagan pasporti ushbu hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi hududidan 2014-yil 1-iyulgacha chiqib ketganlar uchun haqqoniy shaxsni tasdiqlovchi xorijga chiqish hujjati hisoblanadi va o‘z kuchini 2015-yil 31-dekabrgacha saqlab qoladi.

Biometrik bo‘lmagan pasport bilan O‘zbekiston Respublikasi hududidan 2014-yil 1-iyulgacha chiqib ketgan va chet davlatlarda (jumladan Rossiyada) bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu hujjatlardan 2015-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan muddat ichida “vizasiz” mamlakatlar (Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikasi (60 kungacha), Moldova, Ozarbayjon, Ukraina) chegaralaridan o‘tishda to‘siqsiz foydalanishlari, shuningdek viza orqali kirish-chiqish tartib toifasidagi qolgan (“vizalik”) xorijiy mamlakatlar hududiga “chet elga borish uchun 2 yil mobaynida amal qiladigan ruxsatnoma yozuvi stikeri” bilan borishlari, harakatlanishlari va O‘zbekistonga qaytishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasiga borish uchun “chet elga borish uchun 2 yil mobaynida amal qiladigan ruxsatnoma yozuvi stikeri” talab etilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasidan “vizalik” mamlakatlar hududiga borish uchun “chet elga borish uchun 2 yil mobaynida amal qiladigan ruxsatnoma yozuvi stikeri” talab etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun «vizalik» xorijiy mamlakatlar hududida bo‘lganlarida stikerning 2 yillik muddatining tugashi O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligining buzilishi deb hisoblanmaydi va mazkur “vizalik mamlakatalar” o‘rtasida borib-kelishlariga, shuningdek O‘zbekistonga qaytishlariga to‘siq bo‘lmaydi.

Stiker muddati tugagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolar “vizalik” xorijiy mamlakatlar hududida bo‘la turib “vizasiz” mamlakatlarga borishlari mumkin bo‘lsada, ammo “vizasiz” mamlakatlar (Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikasi (60 kungacha), Moldova, Ozarbayjon, Ukraina) hududidan qolgan “vizalik” xorijiy mamlakatlar hududiga muddati tugagan stiker bilan o‘tishlari taqiqlanadi.

Marta o`qilgan: 13586