18:25:23 (GMT +5), chorshanba, 24 Маy 2017
Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


Pasport almashtirish va rasmiylashtirish tartibi

Xorijda doimiy yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida beriladi.

Bunday holatda arizachi doimiy konsullik ro‘yxatiga olingan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qiladi.

Xorijiy mamlakatga doimiy yashashga chiqib ketgan O‘zbekiston fuqarolaridan pasport almashtirish

Arizachilar O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlarni murojaat etish maqsadidan kelib chiqqan holda taqdim etadilar:

16 yoshga to‘lganlik munosabati bilan:
• Tug‘ilganlik haqida guvohnoma asli, nusxasi bilan;
• Ota-ona pasportlarining yozuvlar va belgilar kiritilgan varaqlaridan nusxa.
Ota-onasidan birining pasportining nusxasini taqdim qilish imkoni bo‘lmasa, unda bu holni tasdiqlovchi ma’lum bir hujjat nusxasi, jumladan, o‘lim haqida guvohnoma, nikoh bekor qilingani, ichki ishlar organlaridan ushbu shaxsni dom-daraksiz yo‘qolgani tan olingani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va boshqalar
• 1-Shakl (arizachi tomonidan 1 nusxada to‘ldiriladi).
• 35x45 mm. hajmida 4 dona fotosurat;
• Arizachi to‘g‘risida ma’lumot kiritilgan manzildan chiqish varaqasining tasdiqlangan nusxasi (MDH mamlakatlari uchun).
• Ota-onadan biri chet el fuqarosi bo‘lsa, ushbu xorijiy mamlakat fuqarosining farzandini O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini olishiga roziligi haqida legalizatsiya qilingan arizasi (MDH mamlakatlari uchun notariusda tasdiqlangan);
• Arizachining doimiy konsullik ro‘yxatiga olingani qayd qilingan kartochka nusxasi;

Pasportning muddati tugaganligi, foydalanish uchun yaroqsiz holga kelganligi, vizalar va maxsus belgilar uchun mo‘ljallangan varaqlarni to‘lganligi munosabati bilan:
• Pasportning yozuvlar va belgilar kiritilgan varaqlari nusxasi;
• 1-Shakl (arizachi tomonidan 1 nusxada to‘ldiriladi);
• 35x45 mm. hajmida 4 dona fotosurat;
• Arizachini chet elga doimiy yashashga chiqqanligini tasdiqlovchi hujjat – pasportdagi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan “Doimiy yashashga chiqishga ruhsat berildi” yozuvli stikeri yoki MDH mamlakatlariga doimiy yashashga ketganlar uchun esa manzildan chiqish varaqasining tasdiqlangan nusxasi;

Pasportni yo‘qolganligi munosabati bilan:
• Pasport nusxasi (mavjud bo‘lsa);
• 1-Shakl (arizachi tomonidan 1 nusxada to‘ldiriladi);
• 35x45 mm. hajmida 4 dona fotosurat;
• Pasportning yo‘qolganlik holatini batafsil bayon qilingan ariza;
• Arizachi tomonidan to‘ldirilgan shaxsni tasdiqlash uchun so‘rovnoma anketasi;
• chet el huquqni himoya qilish organlari tomonidan berilgan arizachining pasport yo‘qotilgani borasida murojaat qilgani haqida ma’lumotnomasi.

Familiya, ismi va otasining ismini o‘zgartirish munosabati bilan:
• Pasportning yozuvlar va belgilar kiritilgan varaqlaridan nusxa;
• 1-Shakl (arizachi tomonidan 1 nusxada to‘ldiriladi);
• 35x45 mm. hajmidagi 4 dona fotosurat;
• Arizachini chet elga doimiy yashashga chiqqanligini tasdiqlovchi hujjat – pasportdagi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan “Doimiy yashashga chiqishga ruhsat berildi” yozuvli stikeri yoki MDH mamlakatlariga doimiy yashashga ketganlar uchun esa manzildan chiqish varaqasining tasdiqlangan nusxasi;

Izoh: Fotosurat sifatli qog‘ozda bosmalangan bo‘lishi kerak (Kodak, Agfa, Konica, Epson va h.kz.) fotokameraga to‘g‘ri qaragan holatda (anfas), bosh kiyimsiz. Kiyimning oldi qismi ortiqcha ochiq bo‘lishi qabul qilinmaydi.

Xorijda tahsil olayotgan talabalar fuqarolik pasportini rasmiylashtirishi va almishtirishi tartibi

Xorijda tahsil olayotgan va chet el mutasaddi tashkilotlari tomonidan talaba (o‘quvchi) maqomida ro‘yxatdan o‘tgan, hamda uzrli sabablarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasiga kelib o‘z turar joylaridagi ichki ishlar bo‘limlariga murojaat qila olmaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pasport almashtirish va unga chet elga chiqishga ruhsat stikeri kiritish bo‘yicha konsullik muassasalariga murojaat e’tishlari mumkin.

Pasport almashtirish va chet elga chiqish stikeri rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi :

* 1-Shakl (arizachi tomonidan 1 nusxada to‘ldiriladi);
* 8 dona fotosurat;
* o‘quv muassasidan ma’lumotnoma tasdiqlangan tarjimasi bilan;
* 30-Shakl (arizachi tomonidan 2 nusxada to‘ldiriladi);
* O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy yashash joyidagi tuman Mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan chet elga chiqishga ruhsat berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va harbiy hisobga olish yoki harbiy guvohnomaning nusxalari;
* Konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlar qoplanganligiga oid to‘lov chiptasi.

O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan xorijda tahsil olayotgan pasportlarini yo‘qotgan talabalardan yangi pasport rasmiylashtirish uchun hujjatlar qabul qilinmaydi. Bunday xollarda ularga vatanga qaytish guvohnomalari beriladi va ular yo‘qotilgan pasport o‘rniga yangi pasport rasmiylashtirish uchun doimiy yashash joylaridagi ichki ishlar bo‘limlariga murojaat qiladilar.

Marta o`qilgan: 9852