18:26:07 (GMT +5), chorshanba, 24 Маy 2017
Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


Ko`p so`raladigan savollar

  • Rossiyada o‘qiydigan o‘zbekistonlik talabalar ushbu davlatga kirishlari ta’qiqlansa, qanday yo‘l tutishlari kerak?

    Rossiya Federatsiyasida o‘qiydigan, u yoki bu sababga ko‘ra ushbu davlatga kirishi ta’qiqlangan o‘zbekistonlik talabalar o‘zlari ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasining xalqaro aloqalar bo‘limiga yoki chet ellik talabalar bilan ishlaydigan dekanatlariga murojaat qilishlari kerak. O‘z navbatida OTMning mazkur bo‘limlari tomonidan Rossiya Federal Migratsiya Xizamatiga yozma ravishda murojaat qilinadi.

    Odatda, ushbu kategoriyadagi fuqarolarning Rossiya Federatsiyasiga kirishlariga qo‘yilgan ta’qiqni bekor qilishga oid masalalar ijobiy hal etiladi.

  • Nobiometrik O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti qaysi vaqtgacha amal qiladi

    Nobiometrik O‘zbekiston Respublikasi fuqorosi pasporti 2015-yilning 31-dekabrigacha amal qiladi.

  • Qaysi muddatgacha O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi nobiometrik pasport bilan xorijga chiqishi mumkin?

    2014-yilning 30-iyuniga qadar. 2014-yilning 1-iyulidan boshlab xorijga chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqorosi biometrik pasportga ega bo‘lishi kerak. 

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet elda pasportini yo‘qotib qo‘ysa yoki o‘sha davlatda uning huquqlari buzilsa, qayerga murojaat qilishlari kerak?

    Yuqoridagi kabi holat sodir bo‘lgan taqdirda, fuqaro o‘sha davlatning tegishli idoralariga pasport yo‘qolgani (o‘g‘irlangani) to‘g‘risida xabar qilishi lozim.

    Shundan so‘ng fuqaro O‘zbekiston Respublikasining o‘sha davlatdagi konsullik muassasasiga shaxsini tasdiqlash uchun murojaat qilishi kerak.

    Agar fuqaro o‘rnatilgan tartibda chet elga doimiy yashashga ketgan va O‘zbekiston Respublikasining o‘sha davlatdagi konsullik muassasasida konsullik hisobida turgan bo‘lsa, unga pasport konsullik muassasasi tomonidan rasmiylashtirib beriladi.

    Agar fuqaro O‘zbekistonda doimiy ro‘yxatda turgan bo‘lsa, unga konsullik muassasasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib beriladi.

    Agar fuqaro O‘zbekistonning elchixonasi yoki konsulxonasi mavjud bo‘lmagan mamlakatda bo‘lish vaqtida pasportini yo‘qotib qo‘ysa yoki huquqlari buzilsa ushbu mamlakat konsullik okrugiga kiruvchi davlatdagi O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasiga murojaat qilishi mumkin.

  • O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalaridan kimlar biometrik pasport olishga haqli?

    O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalaridan quyidagi fuqarolar biometrik pasport olishlari mumkin:

    - Chet elga doimiy yashash uchun chiqqanlar va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonasida doimiy konsullik hisobida turadiganlar;

    - Chet elga xizmat safari, o‘qish, davolanish, shartnoma asosida ishga chiqqan (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan chet elda ishlashga litsenziya mavjud bo‘lsa) va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonasida vaqtincha konsullik hisobida turadiganlar.

  • Chet elga chiqishga ruxsat beruvchi stikerni O‘zbekiston Respublikasining elchixona yoki konsulxonasida yangilash mumkinmi?

    MDH davlatlarida doimiy yashovchi va konsullik hisobida turuvchi O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari uchinchi davlatlarga chiqishda chet elga vaqtincha chiqishga ruxsat beruvchi stikerni rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalariga o‘rnatilgan tartibda murojaat qilishlari kerak.

  • O‘zbekistondan tashqarida O‘zbekiston Respublikasining ikki fuqarosi nikohini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qanday?

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalariga muvofiq chet elda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining nikohi o‘sha davlatning tegishli organlari tomonidan milliy qonunchilikka yoki konsullik muassasalariga asoslangan holda amalga oshiriladi.

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi emasligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani qanday olish mumkin?

    O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga binoan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi emasligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani olish uchun arizachi 2 nusxada o‘z qo‘li bilan to‘ldirilgan anketa-arizani notaries tomonidan tasdiqlangan holda taqdim etishi kerak (MDH hududida yashaydiganlar uchun). MDH hududida yashamaydigan fuqarolarning anketa-arizalari O‘zbekiston Respublikasi konsuli tomonidan tasdiqlanishi kerak. Shuningdek, 14 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘zlarining roziliklarini anketada shaxsiy imzolari bilan tasdiqlashlari kerak. Anketa-arizaga ikkita rasm ham ilova qilinadi.

    O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi emasligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma olish uchun anketa-ariza topshirilganda konsullik to‘lovi va haqiqiy xarajatlarni qoplash uchun to‘lovlar olinadi.

  • Kimlar O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida konsullik ro‘yxatida turishlari kerak?

    O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari ularning konsullik okrugiga kiruvchi xorijiy davlatda vaqtincha va doimiy yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini quyidagi holatlarda vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatga oladilar.

    1) Xizmat safari, o‘qish, davolanish yoki shartnoma bo‘yicha ishlash (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ruxsatnomasi asosida) maqsadida chet elga chiqqan O‘zbekiston fuqarolarini vaqtincha ro‘yxatga olish.

    Olti oydan ortiq muddatga xizmat safari, o‘qish, davolanish yoki shartnoma bo‘yicha ishlash (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ruhsatnomasi asosida) maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan vaqtinchalik konsullik ro‘xatiga olinadi.

    2) Chet elga doimiy yashash maqsadida ketgan O‘zbekiston fuqarolarini doimiy ro‘yxatga olish.

    O‘zbekiston hududidagi doimiy ro‘yhatdan (propiskadan) o‘chib, chet elga doimiy yashashga ketgan va o‘sha davlatning tegishli idoralari tomonidan doimiy yashashga ruxsat berilgan O‘zbekiston fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan doimiy konsullik ro‘yxatiga olinadi.

  • Agar O‘zbekiston fuqarosi chet elda doimiy yashayotgan va konsullik ro‘yxatida turgan bo‘lsa, biometrik bo‘lmagan pasportini 2015-yil 31-dekabrdan keyin biometrik pasportga almashtirish chog‘ida jarimaga tortiladimi?
    O‘zbekiston fuqarosi doimiy yashash uchun chet elga ketgan va 2015-yil 31-dekabrga qadar doimiy konsullik ro‘yxatiga olingan bo‘lsa, O‘zbekistonning xorijdagi konsullik vakolatxonalariga biometrik pasport rasmiylashtirish uchun haqiqiy muddati o‘tmagan O‘zbekiston fuqarolik pasporti bilan murojaat qilsa jarimaga tortilmaydi.