18:25:58 (GMT +5), chorshanba, 24 Маy 2017
Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi

O‘zbekiston Respublikasining horijdagi konsullik muassasalarida konsullik hisobida turgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi. Вarcha hujjatlar 2 nusxada taqdim etilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish bo‘yicha ariza va hujjat topshirish uchun arizachi O‘zbekiston Respublikasining horijdagi konsullik muassasasiga shaxsan murojaat etishi talab etiladi. Shu bilan birga, quyidagi hujjatlarni ilova etadi:

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza;

• o‘rnatilgan tartib bo‘yicha anketa-ariza;

• avtobiografiya va yaqin qarindoshlari haqida ma’lumot;

• arizachining tug’ilganligi to‘g’risidagi guvohnomasi;

• 4 ta surat (35-45mm);

• fuqarolik pasportining barcha varaqlaridan nusha;

• boshqa davlat fuqaroligini qabul qilganligini tasdiqlovchi yoki vakolat beruvchi hujjat, rasmiy tarjima bilan;

• O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish uchun hujjat rasmiylashtirayotgan arizachi voyaga etmagan farzandi bilan (18 yoshgacha) hujjat topshirayotgan bo‘lsa, bolaning tug’ilganligi to‘g’risidagi va arizachining turmush qurganligi to‘g’risidagi guvohnomalarining asli va nushalarini taqdim etishi lozim;

• otalari yoki onalari bilan birga fuqarolikdan chiqayotgan 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlar o‘zlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish bo‘yicha rozilik arizalarini taqdim etadilar;

• agar ota-ona ikkalasi ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib, faqat bittasi voyaga etmagan farzandi bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan bo‘lsa, boshqasini bolaning va turmush o‘rtog’ining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga bo‘lgan munosabati arizasida ko‘rsatilishi lozim;

• ba’zi hollarda nikohdan ajralganlik to‘g’risidagi, o‘lim to‘g’risidagi guvohnomalar, bolalikka olish, ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g’risidagi ma’lumotnomalarning notarius tomonidan tasdiqlangan nushalari talab qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g’risidagi ariza 1 yil ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish va arizaga asosan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun konsullik to‘lov sifatida 100 AQSH dollari+ma’muriy to‘lov to‘lanadi.

Marta o`qilgan: 13489