18:07:04 (GMT +5), chorshanba, 29 - mart 2017
Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


O‘zbekistondan hujjatlarni so‘rab olish tartibi

O‘zbekiston Respublikasidan hujjatlarni so‘rab olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslar bevosita O‘zbekiston Respublikasi arxiv muassasalariga ham, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga ham murojaat etishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga murojaat etuvchi shaxs har bir so‘rab olinayotgan hujjat uchun alohida belgilangan shakldagi maxsus anketani ikki nusxada to‘ldirishi, shuningdek konsullik yig’imini, hamda amaldagi xarajatlarni qoplash yig’imini to‘lashi shart.

Mehnat va pensiya daftarchalari, harbiy biletlarning asl nusxalarini so‘rab olish, jo‘natib yuborish yoki xorijga chaqirtirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, agar nikoh bekor qilingan bo‘lsa, nikohdan o‘tganlik to‘g’risidagi guvohnomani, shuningdek vafot etgan shaxsning tug’ilganlik to‘g’risidagi guvohnomasini qaytadan so‘rab olinishi mumkin emas. Voyaga etmagan shaxslarning tug’ilganlik to‘g’risidagi guvohnomalari ularning qonuniy vakillari tomonidan so‘rab olinishi mumkin. Vafot etganlik to‘g’risidagi guvohnomalar vafot etgan shaxsning qarindoshlari yoki yuridik shaxslar tomonidan rasmiy maqsadlar uchun so‘rab olinishi mumkin.

Amaliyotning ko‘rsatishicha, ma’lumot to‘g’risidagi hujjatlarni (attestatlar, diplomlar va ulardan ko‘chirmalarni) O‘zbekiston Respublikasidan so‘rab olishda manfaatdor shaxslarning bevosita o‘quv muassasasiga murojaat etishi bir muncha samarali natija beradi. Buning uchun shaxsiy ishni arxivlardan izlab topish, hujjatning dublikatini tayyorlash, shahodatlash va arizachiga jo‘natib yuborish bilan bog’liq barcha xarajatlarning qoplanishi shart bo‘ladi.

Har bir hujjat uchun arizachining pasporti nusxasini taqdim qilgan holda ikki nusxada to‘ldiriladi.

Savollarga javoblar to‘liq va aniq bo‘lishi kerak.

Просмотров: 5034