18:09:52 (GMT +5), chorshanba, 29 - mart 2017
Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


18 - mart 2017

Hindiston Tashqi ishlar vaziriga maktub


Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj hazrati oliyalariga


Hazrati oliyalari,

Siz va butun hind xalqini muhim yubiley sana – O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi bilan chin dildan tabriklashdan mamnunman.

25 yil davomida tomonlarning izchil sa’y-harakatlari natijasida o‘zaro hurmat, ishonch va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan uzoq muddatli va ko‘p qirrali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligini mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman.

Joriy yilning 23-mart kuni Nyu-Dehli shahrida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi ikki davlat hamkorligiga qo‘shimcha turtki berishiga hamda uzoq muddatli O‘zbekiston-Hindiston strategik sherikchiligining yangi yo‘naslishlarini belgilab olishga imkon berishiga qat’iy ishonch bildiraman.

Mazkur imkoniyatdan foydalanib, Sizga, hurmatli Vazir xonim, mustahkam sog‘lik, baxt va Sizning davlat lavozimidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

Mening yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.

Hurmat bilan,

Abdulaziz Kamilov,

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri



Просмотров: 260