×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
14:46:28 (GMT +5), dushanba, 20 - noyabr 2017
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


14 - noyabr 2017

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatining 2017-yilning 9 oyi yakunlariga oid

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2017-yilning 9 oyi davomida o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq xalqaro sahnada mamlakatimiz manfaatlarini ilgari surish, xorijiy mamlakatlar va nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyat olib bordi.

O‘zbekiston Prezidentining Turkmaniston (6-7-martda, 19-20-mayda, 17-sentabr), Qozog‘izton (22-23-mart, 29-aprel va 8-9 iyun, 9-10 sentabr), Rossiya (4-5-aprel), Xitoy (12-15-may), Saudiya Arabistoni (21-may), Qirg‘iziston (5-6-sentabr) va AQShga (18-20-sentabr) davlat va amaliy tashriflari tashkil etildi.

Qozog‘iston Prezidentining O‘zbekistonga (16-17-sentabr) davlat tashrifi bo‘lib o‘tdi.

2017-yilning 9 oyi mobaynida TIV Konsullik boshqarmasi va O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan chet el fuqarolariga O‘zbekistonga kirish vizasini berish, biometrik pasportni almashtirish/berish, vatanga qaytish to‘g‘risidagi guvohnoma berish, fuqarolik holatini qayd etish, notarial xizmat ko‘rsatish va boshqa masalalar bilan bog‘liq jami 308,879 ta konsullik amallari bajarildi.

Hisobot davri mobaynida eng ko‘p konsullik harakatlari O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston (55.938), Rossiya (25.866), Turkmaniston (17.005), Qozog‘iston (16.381), Janubiy Koreya (13.874), Germaniya (13.376), Xitoy (12.603) va Hindistondagi (11.925) elchixonalarida amalga oshirildi.

2017-yilning yanvar-sentabr oylari davomida 224.022 nafar chet el fuqarolariga, shu jumladan, 96.752 nafar sayyohlarga va 32.898 nafar tadbirkorlarga ham O‘zbekistonga kirish vizalari berildi. 2016-yilning shu davriga nisbatan berilgan vizalar umumiy soni 21%ga, shu jumladan, berilgan sayyohlik vizalari 24%, tadbirkorlik vizalari 27%ga oshdi.

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan 2017-yilning 9 oyi davomida eng ko‘p konsullik-huquqiy harakatlar amalga oshirilgan davlatlar

Joriy yilning 5-iyul kuni videokonferensiya shaklida Tashqi ishlar vazirining vatandoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston” TV va “MY5” telekanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilgan videokonferensiyada Tashqi ishlar vaziri studiyada, mamlakat ichida va uning tashqarisida bo‘lgan vatandoshlarimizning savollariga javob berdi. Savollar asosan vatandoshlar uchun muhim bo‘lgan fuqarolik masalalari, hujjatlar yo‘qolgan taqdirda ularni tiklash, yaqinlar va qarindoshlarni izlash, murakkab vaziyatlarda yordam berish va boshqa holatlarga tegishli bo‘ldi.

TIVning yuqorida keltirilgan tadbiri yakunlarini idoralararo har tomomlama o‘rganish natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi 5055-sonli “Tashqi ishlar vazirligining vatandoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti” natijalarini amalga oshirish bo‘yicha Idoralararo ishchi guruhni shakllantirish to‘g‘risida”gi farmoyishi bilan Idoralararo ishchi guruh tuzilib uning tarkibiga Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, MXX, IIB, Davlat personallashtirish markazi va O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi vakillari kiritildi.

2017-yilning 21-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi 5055-sonli farmoyishi asosida shakllantirilgan Tashqi ishlar vazirining vatandoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti chog‘ida eshittirilgan muammolarni yechish va takliflarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha Idoralararo ishchi guruhning maqsad va vazifalarini mahalliy, xorijiy OAV va O‘zbekiston Respublikasida yashovchi keng aholi qatlamlariga yetkazishga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.



		
		
Marta o`qilgan: 336